Endi ChatGPT'dan ro‘yxatdan o‘tmay foydalanish mumkin
Bu qiziq
−
02 aprel
56911 aprel, dushanba kunidan boshlab OpenAI kompaniyasi sun’iy intellekt(SI)ga asoslangan ChatGPT xizmatidan ro‘yxatdan o‘tmasdan foydalanish imkoniyatini beradi. Bu haqda kompaniya sayti xabar berdi.
Qayd etilishicha, oldin undan mobil telefon raqami orqali ro‘yxatdan o‘tgan holda foydalanish mumkin edi.
Kompaniyaning aytishicha, akkaunt yaratish foydalanuvchilarga chatlar tarixini saqlash, ko‘rish, almashish va bot bilan ovozli suhbat kabi qo‘shimcha funksiyalarni ochish hamda maxsus ko‘rsatmalardan foydalanish imkoniyatini beradi. Shuningdek, kompaniya foydalanuvchilarning kengroq doiradagi so‘rovlarni bloklash kabi qo‘shimcha xavfsizlik choralari joriy etilishini ham ko‘zda tutgan.
"Bugundan boshlab ro‘yxatdan o‘tmasdan ChatGPT'dan yanada tezroq foydalanishingiz mumkin. Biz buni sun’iy idrok imkoniyatlariga qiziqqan har bir kishi uchun bosqichma-bosqich joriy etyapmiz”, deyiladi nashrda.
Ma’lumot uchun, ShatGPT chatboti 2022 yilning noyabr oyi oxirida ishga tushirilganidan so‘ng mashhurlikka erishdi va bir haftadan kamroq vaqt ichida o‘zining millionlab foydalanuvchisiga ega bo‘ldi. 2015 yilda OpenAI asoschilaridan biri amerikalik milliarder Ilon Mask edi, keyinchalik u startap bilan aloqalarini uzgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq, “Thye New York Times” Nyu-York okrug sudiga Microsoft va OpenAI'ga qarshi da’vo arizasi bilan murojaat qilgani haqida ma’lumot bergandik.
Shuningdek, Sem Altman OpenAI bosh direktori va kompaniya direktorlar kengashi lavozimini tark etgan va uning o‘rniga texnik direktor Mira Murati OpenAI'ning vaqtinchalik bosh direktori etib tayinlangandi.
Hamda birinchi marta 2023 yil noyabr oyida sun’iy intellektga asoslangan, so‘rovlar bo‘yicha ma’lumot beruvchi ChatGPT xizmati o‘zbekistonlik foydalanuvchilar uchun ochilgandi.
Madina Otaboyeva
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr