“The New York Times” nashri OpenAI va Microsoft'ni sudga berdi
Texnologiya
−
28 dekabr 2023
4060“The New York Times” Nyu-York okrug sudiga Microsoft va OpenAI'ga qarshi da’vo arizasi bilan murojaat qildi. Bu haqda nashrning o‘zi ma’lum qildi.
Gazeta ChatGPT chat-botini ishlab chiqish ortida turgan kompaniyalarni mualliflik huquqini buzish va jurnalistik materiallardan noqonuniy foydalanishda ayblagan.
Gazeta o‘z da’vosida ChatGPT va Bing Chat til modellari millionlab “The New York Times” yangiliklari, tekshiruvlari, fikr-mulohazalari, sharhlar va boshqa materiallardan nusxa ko‘chirish va ulardan foydalanish orqali yaratilganini bildirgan.
Shu bilan birga, nashriyotning o‘zi o‘z materiallaridan chatbotlarni o‘qitish uchun foydalanishga ruxsat bermagan va Microsoft va OpenAI buning uchun hech narsa to‘lamagan.
Endi gazeta kompaniyalardan tovon puli talab qilmoqda. Kerakli to‘lovlarning aniq miqdori shikoyatda ko‘rsatilmagan.
Unda aytilishicha, ayblanuvchilar “The New York Times”ning noyob qimmatli asarlaridan noqonuniy nusxa ko‘chirish va foydalanish bilan bog‘liq qonuniy va haqiqiy zarar miqdorida milliardlab dollar uchun javobgar bo‘lishi kerak.
“The New York Times” chat-botlar yaratuvchilarni sudga bergan birinchi yirik Amerika media kompaniyasidir.
OpenAI matbuot kotibi Lindsi Xeldning aytishicha, kompaniya nashr bilan suhbatda konstruktiv ravishda oldinga siljigan va sud jarayonidan hayratda va hafsalasi pir bo‘lgan.
Microsoft bu ish yuzasidan izoh berishdan bosh tortmoqda.
LiveBarchasi