Endi Afg‘onistonda xiyonat qilgan ayollar toshbo‘ron qilinadi
Olam
−
30 mart
7289Afg‘onistondagi muvaqqat hukumat – “Tolibon”ning oliy yetakchisi Haybatulloh Oxundzoda mamlakatda ayollarni ommaviy qamchilash va xiyonat uchun toshbo‘ron qilish usullari qaytarilishini ma’lum qildi. Bu haqda “The Guardian” yozdi.
“Biz ayollarni (xiyonati uchun) qamchilaymiz va omma oldida toshbo‘ron qilamiz”, deydi Oxundzoda.
U buni ayollar huquqlarining buzilishi deb hisoblaydiganlarni "shaytonning xizmatkorlari" deb atadi.
“Siz buni ayollar huquqlarining buzilishi deb atashingiz mumkin, chunki bu sizning demokratik tamoyillaringizga zid keladi”, deydi u.
U bu harakatni “Tolibon”ning G‘arb ta’siriga qarshi kurashining davomi deb baholagan.
“Tolibon"ning ishi Qobulni egallash bilan tugamadi, balki endigina boshlandi”, deydi Oxundzoda.
Advokat va Afg‘onistondagi “Ayollar umid oynasi” huquq tashkiloti rahbari Safiya Arefining aytishicha, ushbu e’lon afg‘on ayollarini 1990 yillardagi “Tolibon” hukmronligining eng qora kunlariga qaytaradi.
“Hozir afg‘on ayollarining yonida ularni qutqaradigan hech kim turmayapti. Xalqaro hamjamiyat ayollar huquqlarining poymol etilishiga qarshi jim turishni ma’qul ko‘rdi”, deydi Arefi.
Huquq himoyachilarining aytishicha, mamlakatdagi 14 million ayol va qizning qolgan barcha huquq va himoyalarini yo‘q qilish hozir deyarli yakunlangan.
Human Rights Watch tashkilotining afg‘on tadqiqotchisi Sahar Fetratning so‘zlariga ko‘ra, ikki yil avval "Tolibon"da ayollarni toshbo‘ron qilishga qasamyod qilishga jasorat bo‘lmagan, hozir esa u bor.
"Ular o‘zlarining shafqatsiz siyosatlarini birma-bir sinab ko‘rdi va shu nuqtaga keldi, chunki ularni suiiste’mol qilishlari uchun javobgarlikka tortadigan hech kim yo‘q", deydi u.
Afg‘onistondagi inson huquqlarini kuzatuvchi tadqiqot guruhiga ko‘ra, birgina o‘tgan yilning o‘zida “Tolibon” tomonidan tayinlangan sudyalar 417 nafar shaxsni ommaviy kaltaklash va qatl etishga buyruq bergan. Shulardan 57 nafari ayollar edi.
LiveBarchasi