Endi abituriyentlar avval imtihon topshirib, keyin OTMni tanlaydi
Jamiyat
−
04 iyul 2023
179072024/2025 o‘quv yilidan boshlab abituriyentlar avval test sinovlarini topshirib, keyin oliy ta’lim muassasasini tanlaydi. Bu bo‘yicha Prezident Shavkat Mirziyoyevning tegishli qarori qabul qilindi.
Unga ko‘ra, 2024/2025 o‘quv yilidan boshlab OTMga kirish imtihonlarini topshirish “avval test, so‘ng tanlov” tamoyili asosida tashkil etiladi hamda abituriyentlarga test sinovi natijasida to‘plagan balidan kelib chiqib, oliy ta’lim muassasasi, ta’lim yo‘nalishi va shaklini tanlash imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Shuningdek, umumta’lim fanlaridan xalqaro imtihon natijalari bo‘yicha sertifikatlar ham davlat OTMga qabul qilishda inobatga olinadi.
Qarorda keltirilishicha, 2023/2024 o‘quv yilidan abituriyentlarga “davlat granti” yoki “ta’lim yo‘nalishi” ustuvorliklaridan birini tanlash va tanlagan ustuvorligi bo‘yicha bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari ketma-ketligida tanlovda ishtirok etish huquqi beriladi.
LiveBarchasi