Endi hokimlar malakasini chet elda oshiradi
Jamiyat
−
12 fevral 2020
6213O‘zbekistonda hokimlarni zamonaviy boshqaruv asoslari bo‘yicha o‘qitish va ularning malakasini oshirish choralari ko‘riladi. Bu haqda “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihasi va 2020 yil Davlat dasturi loyihasida qayd etilgan.
Loyihaning bajarilish muddati yil davomida deb belgilangan va bu borada tegishli chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqiladi.
Dasturda viloyatlar va tumanlar (shaharlar) hokimlarini boshqaruv asoslari bo‘yicha o‘qitish, xorijiy mamlakatlarning nufuzli tashkilotlarida malaka oshirish tizimini yo‘lga qo‘yish nazarda tutiladi.
Ijro uchun mas’ullar - Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, Moliya vazirligi, Davlat boshqaruvi akademiyasi.