Emma Radukanu WTA reytingida ko‘tarildi

Sport

image

US Open-2021 chempioni Emma Radukanu dunyoning eng kuchli 20 nafar tennischisi qatoridan o‘rin oldi. U joriy yilning 8 noyabrida yangilangan WTA reytingida 20-o‘rinni egalladi.

Shu tariqa, 18 yoshli Radukanu Buyuk Britaniya tennischilari orasida ushbu natijaga erishgan beshinchi sportchiga aylandi. Undan avval 20 talik reytingda Virjiniya Ueyd (1975), Syu Barker (1977), Jo Dyuri (1984) va Yoanna Konta (2017) joy olgan edi.

Avvalroq, Radukanu Instagram ijtimoiy tarmog‘ida faoliyati davom etayotgan ayol tennischilar orasida 2 milliondan ortiq obunachi to‘plagan beshinchi raketka ustasi sifatida qayd etilgandi. WTA vakilalaridan faqatgina Serena Uilyams (13,6 million), Sanya Mirza (7,9 million), Naomi Osaka (2,9 million) va Ejeni Bushar (2,1 million) ushbu natijaga erishgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning sentyabr oyida britaniyalik Emma Radukanu sensatsion tarzda US Open musobaqasida g‘olib bo‘lgandi. U hal qiluvchi bahsda kanadalik Leyla Fernandesni 6:4, 6:3 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan.
 


Maqola muallifi

Teglar

Tennis WTA US Open Emma Radukanu

Baholaganlar

7

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing