Emeri dunyoning eng yaxshi murabbiyi kimligini aytdi

Sport

image

“Aston Villa” bosh murabbiyi Unai Emeri “Manchester Siti”ning ispaniyalik murabbiyi Pep Gvardiolani dunyoning eng yaxshi murabbiyi deb atadi.

“Men uchun Pep dunyoning eng yaxshi murabbiyi. Uning Ispaniya va Angliyadagi faoliyatini tahlil qilib, ajoyib mutaxassis degan xulosaga keldim”, deydi Emeri.

Gvardiola qo‘l ostida “Manchester Siti” tarixda ilk bor UEFA Chempionlar ligasida g‘olib chiqdi. O‘tgan mavsumda ingliz jamoasi trebl qayd etishga muvaffaq bo‘ldi. Gvardiola qo‘l ostida “shaharliklar” besh marta Angliya chempionligini qo‘lga kiritdi.

Gvardiola faoliyati davomida “Barselona” va “Bavariya” klublarini ham boshqargan. Umumiy hisobda mutaxassis barcha klublar bilan 37 ta sovrin, jumladan, uch marta Yevropa Chempionlar ligasida g‘alaba qozongan.


Maqola muallifi

Teglar

Manchester Siti Gvardiola Unai Emeri

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing