Elnur Abduraimovning navbatdagi raqibi ma’lum bo‘ldi

Sport

image

O‘zbekistonlik professional bokschi Elnur Abduraimovning kelgusi jangi sanasi va raqibi aniq bo‘ldi. Bu haqda sportchi o‘z Instagram sahifasida ma’lum qildi.

Abduraimov 5 mart kuni Meksikada, reytingda o‘zidan yuqori turgan, amerikalik bokschi Deniyel Garsiyaga qarshi ringga chiqadi. O‘zbekistonlik bokschi ushbu to‘qnashuvda g‘alaba qozonsa, reytingda anchagina yuqoriga ko‘tariladi va chempionlik kamari uchun jangga yaqinlashadi.

Garsiya-Abduraimov jangi Meksikaning Zanfer promouteri tomonidan tashkil etiladi. Bahs Tixuana shahrida bo‘lib o‘tadi.

Ma’lumot uchun, Elnur Abduraimov profboksda umumiy 10 ta jang o‘tkazib, bahslarning barchasida g‘alaba qozongan. 9 ta to‘qnashuvda raqiblarini nokautga uchratgan. Mag‘lubiyat nimaligini bilmaydigan Garciya 14 ta jangda raqiblarini dog‘da qoldirgan. Meksikalik charm qo‘lqop ustasi 11 ta to‘qnashuvda muddatidan avval zafar quchgan.


Maqola muallifi

Teglar

Elnur Abduraimov professional boks

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing