Elnur Abduraimov meksikalik raqibini birinchi raundda nokautga uchratdi (video)

Sport

image

Bugun, 29 iyul kuni o‘zbekistonlik professional bokschi Elnur Abduraimov AQSHda tashkil etilgan  “Golden Boy Fight Night”  boks kechasida meksikalik Leonel Morenoga qarshi jang o‘tkazdi.

Qayd etish kerak, ushbu jang vakant bo‘lib turgan “IBF North American”  kamari uchun tashkil etildi.

10 raundga mo‘ljallangan jang 1-raunddayoq yakunlandi. Elnur Abduraimovning chap qo‘lda raqib tanasiga bergan kuchli zarbasidan so‘ng meksikalik bokschi og‘riqdan yiqildi va jangni davom ettira olmadi. Shu tariqa ushbu to‘qnashuv Elnurning muddatidan oldin qo‘lga kiritgan ajoyib g‘alabasi bilan yakunlandi.

Ma’lumot uchun, meksikalik charm qo‘lqop ustasiga qarshi bahs Abduraimovning professional faoliyatidagi10-jang bo‘ldi. E’tiborlisi, o‘zbekistonlik bokschi ushbu janglarining barchasida g‘alaba qozongan. U janglarning to‘qqiztasida muddatidan oldin zafar quchgan.


Maqola muallifi

Teglar

Elnur Abduraimov

Baholaganlar

289

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing