Elnur Abduraimov chorak finalda mag‘lub bo‘ldi

Sport

image

Tokio Olimpiadasining boks bo‘yicha -63 kg vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Elnur Abduraimov o‘z yurishini chorak finalda yakunladi. Abduraimov Armaniston vakili Ovannes Bachkovga qarshi ringga ko‘tarilib, imkoniyatni boy berdi.

Jangning barcha raundi Bachkov hisobiga yozildi va ochkolar hisobiga ko‘ra, yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Ma’lumot o‘rnida, Elnur Abduraimov Rio Olimpiadasida ishtirok etmagan, so‘nggi Osiyo chempionatida bronza medalni qo‘lga kiritgan.

Bunga qadar toshkentlik bokschi Mo‘g‘uliston vakili Chinzorig Baatarsux va tojikistonlik Bahodir Usmonovni mag‘lubiyatga uchratgan edi. 

Toshkent vaqti bilan 13:00 da Rayxona Qodirova braziliyalik Beatris Ferreyraga qarshi jang qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Elnur Abduraimov Boks Tokio-2020

Baholaganlar

67

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing