Boks: Elnur Abduraimovning vaznida Olimpiada chempioni aniqlandi
Sport
−
08 avgust 2021 4969 1 daqiqa
Bugun, 8 avgust kuni Tokio shahridagi “Kokugikan arena”da Olimpiya o‘yinlarining boks bo‘yicha final janglari o‘tkazilmoqda.
Elnur Abduraimov ishtirok etgan -63 kg vazn toifasida o‘tkazilgan final jangida kubalik bokschi Endi Kruz Olimpiya chempionligini qo‘lga kiritdi. U raqibi amerikalik Kishon Devisni 4:1 hisobida taslim etdi va Kuba boks terma jamoasiga 4-oltin medalni taqdim etdi. Bunga qadar, Roniel Iglesias (-69 kg), Arlen Lopes (-81 kg) va Xulio la Kruz (-91 kg) chempionlikni qo‘lga kiritgan edi.
Ushbu divizionda ringga ko‘tarilgan Elnur Abduraimov chorak finalda armanistonlik Ovannes Bachkovga mag‘lub bo‘lgan va Olimpiadani tark etgandi.
Avvalroq, Rayxona Qodirovaning vaznida irlandiyalik Kelli Xarrington Olimpiya o‘yinlari chempioniga aylangani haqida xabar bergan edik.
Bugun shuningdek, Bahodir Jalolov Olimpiada chempionligi uchun amerikalik Richard Torresga qarshi ringga ko‘tariladi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025