Ellikqal’ada “samosud”: qiz bola boshqa bir qizni do‘pposladi (video)
3-sahifa
−
03 Sentabr 2022 18557 1 daqiqa
Ijtimoiy tarmoqlarda qizlar o‘zaro janjallashayotgani aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan Qoraqalpog‘iston IIV rasmiy ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, voqea joriy yilning 10 avgust kuni soat 17:00 larda Ellikqal’a tumani Markaziy dehqon bozori yaqinida yuz bergan. Tumanning Q.Nurumbetov ko‘chasida yashovchi 20 yoshli B.Z. A.Temur ko‘chasida yashovchi 17 yoshli Sh.L. bilan janjallashgan. Janjalga ikki qiz o‘rtasida kelib chiqqan kelishmovchilik sabab bo‘lgan. B.Z. nizoni mustaqil ravishda hal qilish niyatida Sh.L ning ko‘plab joylariga qo‘l va oyoqlari bilan bir necha marotaba urib, tepib, qasddan bezorilik jinoyatini sodir etgan.
Mazkur holat bo‘yicha Ellikqal’a tuman IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan, tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Live
Barchasi