Eldor Shomurodovga da’vogar asosiy klub ma’lum bo‘ldi

Sport

image

O‘zbekiston milliy terma jamoasi va Italiyaning “Roma” klubi hujumchisi Eldor Shomurodov faoliyatini “Torino”da davom ettirishi mumkin. Bu haqda “Sport Italia” telekanali xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Turin klubi Eldorni transfer qilishga jiddiy harakat qilmoqda. Hozircha turinliklar Shomurodov uchun asosiy da’vogar bo‘lib turibdi.

Qayd etish joizki, “Torino”ning asosiy hujumchisi Andrea Belotti klubni erkin agent maqomida tark etdi va u “Roma” bilan shartnoma imzolashga yaqinligi aytilmoqda. Shuning uchun, Turin jamoasiga hujumchi zarur. Eldor Shomurodov “Torino”ning oldingi chizig‘ini kuchaytirish uchun optimal variant bo‘lishi mumkin.

Avvalroq, o‘zbekistonlik 27 yoshli hujumchiga Angliyaning “Vulverxempton” klubidan qiziqish borligi ma’lum bo‘lgandi.

Ma’lumot uchun, 2021 yilning yozida “Roma” Eldor Shomurodov uchun “Jenoa”ga 18 million yevro to‘lagan edi. O‘tgan mavsumda 27 yoshli Shomurodov “Roma” tarkibida Italiya A seriyasining 28 o‘yinida maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Hozirda, “Transfermarkt” portali o‘zbekistonlik futbolchini 8 million yevroga baholamoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Eldor Shomurodov “Roma” “Torino”

Baholaganlar

1571

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing