Eldor Shomurodov Osiyo kubogini o‘tkazib yuborishi mumkin
Sport
−
16 dekabr 2023
10458Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori va Italiyaning “Kalyari” klubi a’zosi Eldor Shomurodov yangi orttirgan jarohati bois kelasi yil yanvarda start oladigan Osiyo kubogida O‘zbekiston milliy terma jamoasiga yordam bera olmasligi mumkin. Bu haqda “Kalyari” matbuot xizmati xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Eldor Shomurodov oyog‘idan jiddiy jarohat olgan va ushbu jarohatdan forig‘ bo‘lishi uchun 1-1,5 oy vaqt kerak.
Futbolchi mashg‘ulotlar davomida tovon suyagini sindirib olgan. Shu sababdan ham hujumchi klubining “Napoli”ga qarshi bahs qaydnomasidan ham o‘rin olmagan.
Joriy mavsum Shomurodov “Kalyari” safida 13 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining transfer huquqlari Rimning “Roma” klubiga tegishli. Mavsum yakunlangach o‘zbekistonlik futbolchi yana bo‘rilar safiga yo‘l oladi.
LiveBarchasi