Eldor Shomurodov Messi bilan bir chempionatda o‘ynashga yaqin turibdi

Sport

image

O‘zbekiston terma jamoasi va “Roma” hujumchisi Eldor Shomurodov faoliyatini AQSHning Major League Soccer ligasida davom ettirishi mumkin. Bu haqda taniqli jurnalist Fabritsio Romano o‘zining Instagram sahifasida ma’lum qildi.

“Atlanta Yunayted” Shomurodov borasida “Roma”ga taklif bilan chiqqan. Muzokaralar davom etmoqda. Avvalroq, Rim klubi yangi mavsumda ham Shomurodovni ijaraga bermoqchi ekani haqida xabar qilingandi.

Ma’lumot uchun, 29 yoshli Eldor Shomurodov o‘tgan mavsumni Sardiniyaning “Kalyari” jamoasida o‘tkazib, A Seriyada 22 ta o‘yinda 3 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shomurodov to‘p tepadigan jamoa ustozi futbol bilan xayrlashgani haqida xabar berilgandi. Shuningdek, Italiyaning “Kalyari” klubi safida jarohat olib, safdan chiqqan O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori Eldor Shomurodov o‘z Instagram sahifasi orqali muxlislariga murojaat yo‘llagandi.


Maqola muallifi

Teglar

Roma Eldor Shomurodov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made