Ekvadorda qurolli mojaro: qurbonlar soni o‘nga yetdi
Olam
−
10 yanvar
3137Ekvadordagi tartibsizliklar oqibatida halok bo‘lganlar soni o‘n nafarga yetdi. Bu haqda “Daily Sun” mamlakat politsiyasiga tayanib, xabar berdi.
Aniqlik kiritilishicha, halok bo‘lganlarning ikki nafari politsiyachi bo‘lgan.
“Bugun kechqurun Guayas provinsiyasining Nobola shahrida bizning ikki o‘rtog‘imiz qurolli jinoyatchilar tomonidan shafqatsizlarcha o‘ldirilganidan afsusdamiz”, deyiladi politsiya bayonotida.
Joriy yilning 8 yanvaridan boshlab Ekvadorda jinoiy guruhlar faollashdi.
Bir qancha jazoni o‘tash koloniyalarida tartibsizliklar bo‘lib, mamlakatning eng yirik jinoiy to‘dalari boshliqlari – “Los Choneros” va “Los Lobos” qamoqdan qochib ketgan.
Politsiya turli ob’ektlarga o‘t qo‘yishga urinishlar va politsiya xodimlariga, jumladan portlovchi moddalar yordamida hujum qilish holatlari haqida xabar berdi.
Ekvador Prezidenti Daniel Noboa jinoiy faollikning kuchayishi fonida mamlakatda ichki qurolli mojarolar rejimini joriy qildi va 60 kunlik favqulodda holat e’lon qildi.
Eslatib o‘tamiz, Guayakilda qurollangan shaxslar “TC Televisión” telekanali binosiga bostirib kirgandi.
LiveBarchasi