Ekvadorda qurbaqalarning zaharli yangi turi topildi

Bu qiziq

−

image

Ekvador janubida olimlar qurbaqalarning yangi turini aniqladi. Kashfiyot haqida mamlakatning Milliy bioxilma-xillik instituti (Inabio) xabar berdi.

Qayd etilishicha, aniqlangan jonzotlar “Excidobates perplexus” nomini olgan. Tadqiqotchilarning aytishicha, ushbu qurbaqalar noodatiy rang-barangligi va zaif holati bilan ajralib turadi. Katta yoshli jonzotlarning hajmi bor-yo‘g‘i 15,1 millimetrdan 18,3 millimetrgachani tashkil etadi.

Ikkita namuna Paute daryosi deltasida tutib olingan. Ekspertlarning qayd etishicha, Ekvadorda amfibiyalarning (suvda ham quruqlikda yashovchilarning) 703 ta turi ro‘yxatga olingan. Yangi tur to‘liq o‘rganilmagan zaharli qurbaqalar guruhi – “Excidobates” urug‘iga kiradi.

Olimlar “Excidobates perplexus” mavjudligiga bir nechta omillar xavf solayotganini ko‘rsatib o‘tgan. Ushbu populyatsiya mis, oltin va molibden qazib olinadigan yirik tog‘-kon mintaqalari hududida yashaydi. Qora bozordagi talab ham qo‘shimcha xavf tug‘dirmoqda: bu qurbaqalarni kolleksiyabop hayvonlar sifatida xarid qilishmoqda.   

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Boliviyaning Yungas o‘rmonlarida olimlar bir asrdan ortiq vaqt davomida fanga noma’lum bo‘lib kelgan yangi mushuk turini aniqlagan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing