Ekvadorda 469 kg narkotik solingan paketlarda Holand surati aniqlandi
Sport
−
10:17 674 1 daqiqa
Ekvador politsiyasi tomonidan musodara qilingan kokain paketlarida “Manchester Siti” va Norvegiya terma jamoasi hujumchisi Erling Holandning surati tushirilgan stikerlar aniqlangan. Bu haqda “Associated Press” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, politsiya jami 469,6 kg kokainni musodara qilgan. Giyohvand moddalar 370 ta paketga joylangan bo‘lib, yuk mashinasining maxsus yashirin qismiga yashirilgan. Hodisa Kolumbiya chegarasi yaqinida sodir bo‘lgan.
Musodara qilingan boshqa bir yukda Argentina terma jamoasi sardori Lionel Messining surati ham bo‘lgan.
Manbaga ko‘ra, giyohvand modda savdosi bilan shug‘ullanuvchilar yuklarni qaysi jinoiy tarmoqqa tegishli ekanini belgilash uchun mashhur sportchilar va boshqa taniqli shaxslarning ismlari hamda suratlaridan foydalanishi mumkin. Holandning bu yukka hech qanday aloqasi borligi haqida ma’lumot yo‘q.
Live
Barchasi