Ekvadorda Prezident kortejiga hujum qilindi

Olam

image

Ekvadorning Otavalo shahrida Prezident Daniel Noboa bo‘lgan kortejga namoyishchilar hujum qildi. Bu haqda Prezidentning o‘zi ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida ma’lum qildi.

Noboaning aytishicha, hujum kecha sodir bo‘lgan. Gumanitar kolonnasi tarkibida Prezidentning o‘zi, BMT va YeI vakillari, Italiya elchisi bo‘lgan. Kortej harbiylar hamrohligida harakatlanar ekan, uni yo‘lda 350 ga yaqin namoyishchilar kutgan va ular toshlar hamda kokteyllar bilan hujum qilgan. 

Prezidentning tarmoqdagi sahifalarida voqea joyidan olingan suratlar ham e’lon qilingan, unda mashinalarning oynalari singani ko‘rinib turadi.

Ekvadorda ommaviy norozilik chiqishlari Prezident Noboa 12 sentyabr kuni dizel yoqilg‘isiga subsidiyalarni bekor qilish haqidagi qarorni imzolagandan keyin avj oldi. Dizel narxi 1,8 dollardan 2,8 dollargacha ko‘tarildi. Transport ishchilari, kasaba uyushmalari ish tashlash e’lon qildi, ularga Ekvador mahalliy xalqlari konfederatsiyasi qo‘shildi. Norozilar ish tashlash muddatsiz bo‘lishini va avtomobil yo‘llarini to‘sishini ma’lum qildi. Mamlakatning bir necha hududida favqulodda holat joriy etildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxuning korteji yo‘l-transport hodisasiga uchragandi. Hodisa Isroilning yirik shaharlaridan biri Quddusda sodir bo‘lgan. Baxtsiz hodisa oqibatida Bosh vazir Netanyaxu jabrlanmagan.


Maqola muallifi

Teglar

Ekvador Otavalo Daniel' Noboa

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing