Ektor Kuper nega Toshkentga keldi?

Sport

image

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi argentinalik Ektor Kuper ayni kunlarda Toshkentda bo‘lib turibdi. Bu haqda O‘FA media rahbari Davron Fayziyev o‘z sahifasida ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, argentinalik murabbiy va uning yordamchisi Antonio Sarioglu U-20 Osiyo chempionati o‘yinlarini tomosha qilish uchun Toshkentga kelgan. 

“Kuper hozirda Suriya terma jamoasini boshqarmoqda va shu mamlakatning yoshlar jamoasidagi nomzodlar o‘yinini ko‘rgani kelgan. Aslida Toshkentni sog‘ingan shekilli”, deyiladi Fayziyev xabarida.

Eslatib o‘tamiz, Ektor Kuper 2018-2019 yillarda O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi bo‘lib ishlagan. Kuper boshqaruvida O‘zbekiston terma jamoasi 17 o‘yinda 7 g‘alaba, 4 durang va 6 bor mag‘lubiyat qayd etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Ektor Kuper Futbol Davron Fayziev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing