Ekstremistik jinoyat qilgan o‘zbekistonlik Polshada ushlandi

3-sahifa

image

Polsha Respublikasida qo‘lga olingan va ekstremistik yo‘nalishdagi jinoyatni sodir etganlikda ayblanib xalqaro qidiruvda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi mamlakatga ekstraditsiya qilindi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, mazkur shaxs Jinoyat kodeksining 244-2-moddasi (diniy ekstremistik, separatistik, fundamentalistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilotlar tuzish, ularga rahbarlik qilish, ularda ishtirok etish) 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda ayblanmoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, jinoyat ishi qo‘zg‘atilganidan so‘ng ayblanuvchi O‘zbekiston hududini tark etib, uzoq vaqt xorijda yashiringan. Shundan so‘ng, u Interpol kanallari orqali xalqaro qidiruvga berilgan.

Interpolning Toshkent va Varshavadagi Milliy markaziy byurolari hamkorligida, shuningdek, O‘zbekistonning Polshadagi elchixonasi ishtirokida qidiruvdagi shaxsning yashash manzili aniqlangan.

Xalqaro hamkorlik va ekstraditsiya tartib-taomillari yakunlangach, u Interpolning O‘zbekistondagi Milliy markaziy byurosi xodimlariga topshirilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq xalqaro qidiruvda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi Turkiya hududida qo‘lga olinib, mamlakatga qaytarilgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing