Xalqaro qidiruvdagi o‘zbekistonlik erkak Turkiyada qo‘lga olindi

3-sahifa

image

Xalqaro qidiruvda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi Turkiya hududida qo‘lga olinib, mamlakatga qaytarildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) bilan 1,5 yil davomida xalqaro qidiruvda bo‘lgan A.A. Turkiyada yashirinib yurgan vaqtida aniqlanib, tegishli tartibda O‘zbekistonga topshirilgan.

Mazkur shaxs tergov va sud jarayonlarini davom ettirish uchun vakolatli organlar ixtiyoriga o‘tkazilgan.

“O‘zbekiston va Turkiya huquqni muhofaza qiluvchi organlari o‘rtasidagi yaqin hamkorlik jinoyatchilikka qarshi kurashish, xalqaro qidiruvdagi shaxslarni aniqlash hamda ularning javobgarlikdan qochib yurishiga yo‘l qo‘ymaslik borasida izchil davom etmoqda”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Interpol tomonidan xalqaro qidiruvga berilgan O‘zbekiston fuqarosi F.V. Polshadan O‘zbekistonga qaytarilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing