Ekrem Imomo‘g‘li korrupsiya ishi bo‘yicha oqlandi

Olam

image

Turkiya sudi Istanbulning sobiq meri Ekrem Imomo‘g‘lini u Beylikduzu tumaniga rahbarlik qilgan davrdagi korrupsiya ishi bo‘yicha oqladi. Bu haqda kecha, 24 oktyabr kuni “Cumhuriyet” xabar berdi.

Ekrem Imomo‘g‘li va yana olti kishi ustidan ish 2023 yil yanvar oyida qo‘zg‘atilgan. Ayblovga ko‘ra, siyosatchi 2015 yilda Beylikduzu tumani hokimi lavozimida ishlagan chog‘ida tender natijalarini soxtalashtirishda ishtirok etgan. Buning ortidan esa unga uch yildan yetti yilgacha qamoq jazosi tahdid solayotgandi.

Sudlanuvchining advokati Nusret Yilmaz sud majlisida ayblov tomoni besh marotaba o‘tkazilgan sud jarayonlariga qaramay, hali ham ayblov xulosasini tayyorlamaganini tanqid qilgan.

“Sud Imomo‘g‘li va Beylikduzu tumanining sobiq olti nafar xodimini jinoyat tarkibining aniqlanmagani sababli korrupsiya ishida oqladi”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 24 oktyabr kuni Istanbul bosh prokuraturasi Imomo‘g‘li va bir qator boshqa amaldorlarga qarshi 2019 yilgi shahar meri saylovlari bilan bog‘liq josuslik gumoni asosida yangi jinoyat ishi qo‘zg‘atgandi.
 
Qayd etish joiz, ilk bor Ekrem Imomo‘g‘li va uning matbuot bo‘yicha maslahatchisi Murat Ongun 19 mart kuni korrupsiyaga qarshi o‘tkazilgan maxsus operatsiya doirasida qo‘lga olinib, sudga olib kelingan edi. Shundan so‘ng mamlakat bo‘ylab norozilik namoyishlari boshlandi.

Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an bu vaziyatga munosabat bildirib, muxolifatni Imomo‘g‘li hibsga olishini siyosiylashtirishda aybladi. Oradan ko‘p o‘tmay, Turkiya sudi Ekrem Imomo‘g‘lini hibsga olish haqida qaror chiqardi. Shahar meri lavozimini muxolifat partiyasining vakili Nuri Aslan egalladi. Iyul oyida esa Istanbul sobiq meriga prokurorni haqorat qilgani uchun 20 oylik haqiqiy ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlangani ma’lum bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

Istanbul Ekrem Imomo'g'li

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing