Egizak farzandning onasi birdaniga yana 10 chaqaloqni dunyoga keltirdi

Olam

image
Fuqaro Fransiya Prezidentiga tarsaki tushirdi (video) north_east

Fuqaro Fransiya Prezidentiga tarsaki tushirdi (video)

Kecha, 7 iyun kuni Janubiy Afrika Respublikasida 37 yoshli Gosiame Sitxoul birdaniga 10 nafar chaqaloqni dunyoga keltirdi va to‘qqiz farzandni dunyoga keltirgan malilik ayolning rekordini yangiladi. Bu haqda IOL nashri xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, farzandlarning yetti nafari o‘g‘il va qolgani qiz. Dastlab, shifokorlar ayolni ultratovush tekshiruvidan o‘tkazib, olti nafar boladan darak bergan va bu bo‘lajak ota-onani hayratda qoldirgan. Biroq, keyinchalik shifokorlar yana ikki nafar homilani aniqlagan, shunday qilib er-xotin sakkiz nafar farzand kutgan.

Tug‘ruq paytida bolalar sakkiz emas, balki o‘n nafar ekani ma’lum bo‘lgan. Barcha homilani saqlab qolish uchun ayol operatsiya qilingan va shu orqali chaqaloqlar dunyoga kelgan.

Ma’lum bo‘lishicha, yangi tug‘ilgan chaqaloqlar keyingi bir necha oyni inkubatorda o‘tkazadi. Endi Sitxoul egizak ikki o‘g‘ildan tashqari o‘n bolani ham tarbiya qiladi. 

Avvalroq Afrikada bir ayol birdan to‘qqiz farzandni dunyoga keltirgani haqida xabar berilgan edi. O‘shanda malilik ayol bir kunda besh qiz va to‘rt o‘g‘ilning onasiga aylangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Afrika chaqaloq

Baholaganlar

1081

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing