Fuqaro Fransiya Prezidentiga tarsaki tushirdi (video)

Olam

image

Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron mamlakat bo‘ylab safar qilayotganda noma’lum erkak unga tarsaki tushirdi. Voqea bugun, 8 iyun kuni Drom departamentining Ten-LʼErmitaj kommunasida sodir bo‘lgan. Bu haqda BFM xabar berdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan videoda Makron to‘planib turgan odamlar oldiga kelib, ulardan birining qo‘lini ushlagancha gapirayotganda erkak unga qattiq urganini ko‘rish mumkin. Makronning qo‘riqchilari tezlik bilan uni to‘xtatishgan va yerga yotqizishgan.

Makron mamlakat bo‘ylab safari davomida mehmonxona va restoran biznesini qo‘llab-quvvatlash uchun Dromga borgan.

“Davlat rahbariga nisbatan bunday harakatlar demokratiyaning o‘ziga qarshi qaratilgan. Demokratiya – bu fikrlar to‘qnashuvi, ammo bu og‘zaki tahqirlash yoki jismoniy tajovuz emas”, degan mamlakat Bosh vaziri Jan Kasteks.

Ma’lumot uchun, Fransiya Prezidentiga uyushtirilgan ilk hujum emas. 2011 yilda Fransiya Prezidenti Nikolya Sarkozi olomon bo‘ylab temir panjara bo‘ylab yurib ketayotganda odamlardan biri davlat rahbarining kiyimi yoqasidan ushlab olgan.


Maqola muallifi

Teglar

Emmanuel' Makron

Baholaganlar

843

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing