Afrika davlatida ayol birdan 9 chaqaloqni dunyoga keltirdi

Olam

image

Afrika g‘arbida joylashgan Mali davlatida ayol birdan to‘qqiz nafar– besh qiz va to‘rt o‘g‘il farzandni dunyoga keltirdi. Mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, ona va bolalar o‘zini yaxshi his qilyapti.

Vazirlik xabariga ko‘ra, Halima Sisse Mali poytaxti Bamakoda ikki oy yotgan va mart oyi oxirida mamlakat Prezidenti Ba Ndau ko‘rsatmasi bilan Marokashdagi shifoxonaga ko‘chirilgan.

“Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy taraqqiyot vaziri 2021 yil 4 mayda Halima Sisse Mali va Marokashda o‘tkazilgan ultratovush tekshiruvlari asosida e’lon qilingandek yettita emas, to‘qqizta bolani kesarcha yo‘li bilan dunyoga keltirganini mamnuniyat bilan e’lon qiladi. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar va onaning ahvoli yaxshi”, deyiladi vazirlik xabarida.

Mali SSV rahbari Fanta Sibi har ikki davlat tibbiyot xodimlariga minnatdorlik bildirgan. 

“France Press” agentligi ma’lumotiga ko‘ra, chaqaloqlarning onasi 25 yoshda. Bir necha haftadan keyin ular Maliga qaytadi.

Marokash Sog‘liqni saqlash vazirligi vakili Rashid Kudxari o‘z mamlakatining biron bir joyida bunday noyob hodisa — biryo‘la to‘qqiz farzand tug‘ilishi haqida eshitmaganini aytdi.


Maqola muallifi

Teglar

Mali Marokash

Baholaganlar

635

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing