Dzyudo va kurash bo‘yicha O‘zbekiston chempionati boshlandi

Sport

image

Bugun, 21 dekabr kuni Toshkent shahridagi “Yunusobod sport majmuasi” hamda “Universal” sport saroyida ikki yakkakurash sport turlari – dzyudo va kurash bo‘yicha kattalar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati boshlandi.

Joriy yilning 21-23 dekabr kunlari “Yunusobod sport majmuasi”da o‘zbekistonning eng kuchli dzyudochilari mamlkat g‘olibligi uchun bahs olib boradi. Unda Tokio-2020 sovrindori Davlat Bobonovdan tashqari barcha yetakchi va nomdor sportchilar ishtirok etadi. 1-kungi bahslarda erkaklar -60 va -66 kg, qizlar esa 48, 52 va 57 kg vazn toifalarida bellashmoqda.

Eslatib o‘tamiz, bugungi bellashuvlarda Diyora Keldiyorova, Shukurjon Aminova, Sita Kadambayeva, Sardor Nurullayev, Kamron Nurullayev va Muhriddin Tilovov singari kuchli dzyudochilar tatamiga chiqdi. Final bahslari soat 17:00 da (Toshkent vaqti) boshanadi.

Shuningdek, “Universal” saroyida erkin va yunon-rum kurashi bo‘yicha mamlakat birinchiligi start oladi. 21-24 dekabr kunlari o‘tadigan musobaqada bugun soat 16:00 da tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi.
 
 


Maqola muallifi

Teglar

Dzyudo Sport kurashlari

Baholaganlar

16

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing