Dzyudo bo‘yicha “Katta Dubulg‘a” turniri: O‘zbekiston birinchi kunni medalsiz yakunladi 

Sport

image

Bugun, 26 noyabr kuni BAA poytaxti Abu-Dabi shahrida dzyudo bo‘yicha “Katta Dubulg‘a” turkumiga kiruvchi musobaqa boshlandi. 

Turnirning birinchi kunida tatamiga ko‘tarilgan O‘zbekiston terma jamoasi vakillarining ishtiroki omadsiz yakunlandi. 66 kg vazndagi dzyudochi Dilshodbek Yo‘ldoshev bronza medali uchun o‘tish bahsida Mo‘g‘uliston vakili Basxau Yondonperenleyga qarshi tatamiga chiqdi va imkoniyatni boy berdi. U ikkinchi davrada ruminiyalik Lucian Dumitrescuni qo‘shimcha daqiqalarda og‘ritish usuli bilan mag‘lubiyatga uchratgan edi. Biroq chorak finalda ukrainalik Bogdan Yadovga qo‘shimcha daqiqalarda imkoniyatni boy bergan.

Shu tariqa Yo‘ldoshev yilning eng so‘nggi nufuzli musobaqasida 7-o‘rinni qo‘lga kiritdi va 260 reyting ochkosiga ega bo‘ldi. 

Diyora Keldiyorova (-52 kg) birinchi bosqichdayoq polshalik Aleksandra Kaletaga imkoniyatni boy bergan bo‘lsa, 60 kg vazndagi Dilshodbek Baratov tojikistonlik Dilshod Xolmatovga mag‘lub bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, Diyora Keldiyorova hamda Dilshod Baratov joriy yilning oktyabr oyida o‘tkazilgan harbiylar o‘rtasidagi Jahon chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritgan edi.
 


Maqola muallifi

Teglar

Katta Dubulg'a Dzyudo Diyora Keldiyorova Dilshod Baratov

Baholaganlar

12

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing