Kurs UZS

USD

12 926.51

-9.17

EUR

14 092.48

-72.09

RUB

156.00

-2.8

Diyora Keldiyorovaning shaxsiy murabbiyi Germaniya terma jamoasida ish boshladi

Sport

image

Uzoq yillar davomida dzyudo bo‘yicha Olimpiya o‘yinlari chempioni Diyora Keldiyorovaning ustozi bo‘lib kelgan Marko Shpitka Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan “Katta dubulg‘a” turnirida ishtirok etayotgan Germaniya terma jamoasida ish boshladi. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, kecha, 28 fevral kunidan boshlab Toshkentda dzyudo bo‘yicha “Katta dubulg‘a” tasnifidagi turnir start oldi. Ushbu musobaqada Germaniya terma jamoasi ustozi sifatida o‘zbekistonlik dzyudochi Diyora Keldiyorova bilan Parij-2024 Olimpiya o‘yinlarida oltin medalni qo‘lga kiritgan Marko Shpitka ishlamoqda.

Ma’lumot o‘rnida, dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi ustozi bo‘lib ishlagan Ilias Iliadis ham murabbiylikdan ozod etilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq, Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan dzyudo turniriga UFC chempioni Islom Maxachev jamoadoshi Karim Abdullayevni qo‘llab-quvvatlash uchun kelgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

dzyudo Diyora Keldiyorova Marko Shpitka

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing