Dzyudo: Boltaboyevda g‘alaba, Hojiyeva musobaqani tark etdi
Sport
−
27 iyul 2021
3037Dzyudo bo‘yicha -81 kg vazn toifasida Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma olgan Sharofiddin Boltaboyev o‘z ishtirokini g‘alaba bilan boshladi. U vanuatulik Ugo Kumbogani bilan bahs olib bordi va ippon bahosi bilan g‘alaba qozondi.
Keyingi bosqichda u bolgariyalik Ivaylo Ivanov bilan bahs olib boradi. Ta’kidlab o‘tish joiz, Ivanov avvalgi bosqichda raqibini 30 soniya ichida mag‘lub etgan.
O‘zbekistonlik olimpiyachilarning bugungi ishtirokini dzyudochi Farangiz Hojiyeva boshlab berdi.
-63 kg vazn toifasida tatamiga chiqqan Hojiyeva dastlabki bahsni Kabo-Verde vakilasi Sandrin Billetga qarshi o‘tkazib, og‘riqli usulga tushib qoldi va medallar uchun kurashni ancha erta tark etdi. Ta’kidlash joiz, Billet keyingi davrada 5 karra jahon chempioni hisoblangan fransiyalik Klariss Agbenenuga qarshi bahs olib boradi.
LiveBarchasi