Dushmanimga ham qamoqni ravo ko‘rmayman – Japarov Atamboyev haqida
Olam
−
16 fevral 2023
12450Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov “Kabar” agentligiga bergan intervyusida sobiq prezident Almazbek Atamboyevning ozodlikka chiqarilishiga izoh berdi.
“Sud va huquq-tartibot idoralari qaror qilgan ekan, demak, biz sud qaroriga bo‘ysunishimiz kerak. Eng muhimi, qonun bo‘yicha yashashni o‘rganishimiz kerak. O‘tgan yili sud uni oktyabr voqealari, maktab qurilishi, chet el fuqarolariga pasport berish bilan bog‘liq jinoiy ishlar bo‘yicha oqladi. Keyin ular ham sud qaroriga rozi bo‘lishimiz kerakligini aytishdi. Biz ham rozimiz”, deydi Prezident.
U hatto dushmanlariga ham qamalishni ravo ko‘rmasligini aytgan.
“Ilonning bolasi ham qamoqda bo‘lmasligi kerak” degan naql bor. Men dushmanimning ham qamoqda bo‘lishini xohlamayman. Alloh taolo Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamga: “Men doim saxovatli va sabrlilar tarafidaman”, deydi. Biz saxiy bo‘lishimiz kerak. Xudo yo‘lida bo‘lsak, barcha ishlarimiz oldinga siljiydi”, deya qo‘shimcha qildi Sadir Japarov.
Eslatib o‘tamiz, Almazbek Atamboyev 14 fevral kuni tibbiy yordamga muhtojligi sababli ozodlikka chiqqan edi. 15 fevral kuni u Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahri orqali davolanish uchun Ispaniyaga jo‘nab ketdi.
Atamboyev Ozodlikka chiqqanidan so‘ng, Prezident Sadir Japarov va Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi raisi Qamchibek Tashiyevga minnatdorlik bildirdi.
LiveBarchasi