Durov Facebook`ga sud bilan tahdid qildi

Texnologiya

image

Telegram asoschisi Pavel Durov Facebook`da uning nomidan foydalanilayotgan firibgarlik reklamalari uchun sudlashishi mumkinligini aytdi. Bu haqda Durov o‘zining Telegram kanalida ma’lum qildi.

Durov gapirib chiqadigan reklama Facebook`da 2019 yilning iyunidan beri qo‘yib kelinadi.

Uning so‘zlarigaa ko‘ra, ko‘plab foydalanuvchilarning shikoyatlariga qaramay Facebook va Instagram shunday e’lonlarni qo‘yishda davom etyapti.

“Facebook hafta oxiriga qadar o‘z reklama platformasiga mas’uliyat bilan qaray boshlashi kerak”, dedi Durov. U tarmoq foydalanuvchilariga kompensatsiya to‘lashiga umid bildirgan.

Agar bunday bo‘lmasa, Durov Facebook va Instagram foydalanuvchilarini firibgarlik reklamalarini saqlab qo‘yishga chaqirishini qo‘shimcha qilgan. Bunday dalillar mazkur ish bo‘yicha ochilishi mumkin bo‘lgan sud jarayonida kerak bo‘lishi qayd etilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Facebook Pavel Durov

Baholaganlar

147

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing