Dunyoning umidlari puchga chiqdi. Global ochlik 2030 yilgacha og‘irlashib boraveradi

Olam

image

2021 yilda oziq-ovqat xavfsizligi holati yaxshilanadi degan umidlar amalga oshmadi, dunyo 2030 yilgacha Barqaror rivojlanishning ikkinchi maqsadiga erishishdan ancha uzoqlashdi. Bu haqda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti, Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish xalqaro jamg‘armasi, UNICEF, Jahon oziq-ovqat dasturi va JSST tomonidan tayyorlangan “Dunyoda oziq-ovqat xavfsizligi va oziqlanish holati – 2022” BMT hisobotining qisqacha sharhida aytiladi.  

Sharhda qayd etilishicha, koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq inqiroz tezroq tugaydi va oziq-ovqat xavfsizligi sohasidagi vaziyat 2021 yilda yana yaxshilana boshlaydi, degan umidlar amalga oshmadi. 

“2020 yilda COVID-19 pandemiyasi davrida ochlik keskin oshganidan so‘ng, o‘sish 2021 yilda davom etdi. Pandemiyaning notekis ta’siri va tiklanish sur’atlari, shuningdek, ijtimoiy himoya choralarining cheklanganligi va qisqa muddatliligi tengsizlikni kuchaytirdi va dunyoni 2021 yilda 2030 yilgi ochlik maqsadidan oldingiga qaraganda ancha uzoqlashtirdi”, deyiladi hujjatda. 

Sharhga ko‘ra, 2021 yilda global ochlik o‘sishda davom etdi, bu mamlakatlar o‘rtasida va davlatlar ichida o‘sib borayotgan tengsizlikni aks ettiradi.  

“2015 yildan beri taxminan bir xil bo‘lib qolgan to‘yib ovqatlanmaslikning tarqalishi 2019-2020 yillar oralig‘ida 8,0 foizdan 9,3 foizgacha o‘sdi. 2021 yilda bu ko‘rsatkich sekinroq bo‘lsa-da, o‘sishda davom etdi va 9,8 foizga yetdi", deyiladi tahlilda. 

Shuningdek, hujjatda 2021 yilda dunyoda 702 milliondan 828 milliongacha och odam borligi qayd etilgan. 

“O‘rtacha prognoz diapazoniga (768 million) asoslanib, 2021 yilda ochlikdan 2020 yilga nisbatan 46 million kishi ko‘p aziyat chekdi. Bu COVID-19 pandemiyasi boshlanishidan oldin – 2019 yilga nisbatan jami 150 million kishiga ko‘p", deyiladi sharhda. 

Bundan tashqari, ta’kidlanishicha, 2020 yilda o‘rtacha yoki jiddiy oziq-ovqat xavfsizligining tarqalishi keskin oshgan. Shuningdek, 2021 yilda 2,3 milliard odam o‘rtacha yoki og‘ir oziq-ovqat ta’minotidan mahrum bo‘lganligi aytiladi. 

Tadqiqotda sog‘lom ovqatlanish masalasiga ham e’tibor qaratilgan. Shunday qilib, 2020 yilda deyarli 3,1 milliard odam sog‘lom ovqatlanish imkoniyatiga ega emas edi, bu 2019 yilga nisbatan 112 million kishiga ko‘pdir.  

"Bular asosan Osiyo mamlakatlari aholisi bo‘lib, ularda sog‘lom ovqatlanish iqtisodiy jihatdan qulay bo‘lmaganlar soni 78 million kishiga ko‘paygan. Bu ko‘rsatkichning o‘sishi bo‘yicha Afrika (25 million kishi) keyingi o‘rinda turadi”, deyiladi hujjatda.


Maqola muallifi

Teglar

BMT

Baholaganlar

93

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing