Dunyoning 80 mamlakatiga tarqalgan koronavirus haqida so‘nggi ma’lumotlar

Olam

image

Bugun, 4 mart holatiga dunyo bo‘yicha COVID-19 koronavirusiga chalinganlar soni 264 nafarga ko‘payib, 93 160 nafarga yetdi. Kasallanganlar asosan Xitoy (119 nafar) va Janubiy Koreyada (142 nafar) ko‘paydi. Kanadada ham 3 nafar bemor aniqlandi.

Koronavirusga chalinganlarning 50 961 nafari davolandi. Bemorlarning 6771 nafari yoki 17 foizi og‘ir ahvolda qolyapti. Bugungi kunda kasallik 32 225 nafar kasalning ahvoli qoniqarli.

Koronavirusdan halok bo‘lganlar esa 3203 nafarga yetdi. Janubiy Koreya, Italiya va Eron Xitoydan keyin virus eng avj olgan davlatlar bo‘lib turibdi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston va Markaziy Osiyoning boshqa davlatlarida koronavirusga chalinish holati hozircha aniqlanmadi.

Yangi koronavirus

Xitoyning Xubey provinsiyasi markazi Uxan shahrida o‘tgan yilning dekabr oyi o‘rtalarida yangi virus paydo bo‘ldi. Xitoy Hukumati 31 dekabr kuni Jahon Sog‘liqni saqlash tashkilotini mamlakatda epidemiya boshlangani haqida ogohlantirdi.

Koronavirus bilan kasallanganlar hozircha Xitoydan tashqari 79 davlat – Yaponiya, Tailand, Singapur, Janubiy Koreya, Gonkong, Avstraliya, Tayvan, Makao, Malayziya, AQSH, Germaniya, Vetnam, Fransiya, Birlashgan Arab Amirliklari, Kanada, Filippin, Buyuk Britaniya, Rossiya, Italiya, Hindiston, Finlyandiya, Shvetsiya, Shri-Lanka, Kamboja, Nepal, Ispaniya, Belgiya, Livan, Misr, Eron, Isroil, Iroq, Bahrayn, Afg‘oniston, Quvayt, Ummon, Braziliya, Xorvatiya, Shveysariya, Avstriya, Jazoir, Gruziya, Gretsiya, Shveysariya, Shimoliy Makedoniya, Norvegiya, Irlandiya, Estoniya, Dominikan Respublikasi, Belarus, Nigeriya, Yangi Zelandiya, Monako, Lyuksemburg, Litva, Qatar, Islandiya, Chexiya, Ozarbayjon, Daniya, Meksika, Ekvador, San Marino, Niderlandiya, Lixtenshteyn, Chili, Argentina, Ukraina, Tunis, Saudiya Arabistoni, Marokash, Latviya, Iordaniya, Armaniston, Andorra, Senegal, Indoneziya va Ruminiyada aniqlandi.

JSST yangi koronavirusning dunyoga tarqalishi sababli Jamoat sog‘lig‘i uchun xalqaro xavotirga molik favqulodda vaziyat joriy qildi. Bu insoniyat sog‘lig‘i uchun jiddiy xavf tug‘ilganda e’lon qilinadigan rasmiy maqom hisoblanadi. JSST yangi koronavirusga rasman nom berdi va u COVID-2019 deb ataldi.


Maqola muallifi

Teglar

Xitoy virus

Baholaganlar

300

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing