Dunyoning 20 ta mamlakatini qo‘rqinchli ocharchilik kutmoqda
Olam
−
07 noyabr 2020 24287 1 daqiqa
Yaqin oylarda Afrikaning to‘rt mamlakatining oziq-ovqat zaxirasi butunlay tugaydi. Bu haqda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti saytida xabar berilgan.
Ma’lumotga ko‘ra, Afrikaning Burkina-Faso, Yaman, Janubiy Sudan va Nigeriya mamlakatlari aholisiga kuchli ochlik tahdid qilmoqda.
Bunga ushbu mamlakatlardagi ichki mojarolar, iqtisodiy tanazzul, ekstremal iqlim va koronavirus pandemiyasi sabab qilib ko‘rsatilmoqda.
Shuningdek, dunyo bo‘ylab yana 16 mamlakatni ochlik muammosi qiynashi kutilmoqda. Aynan qaysi davlatlar haqida gap ketayotganiga esa aniqlik kiritilmagan.
BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti vakili Dominik Byurjon xalqaro hamjamiyatni ushbu mamlakatlarda oziq-ovqat tanqisligi kuchayib ketishining oldini olish uchun shoshilinch choralar ko‘rishga chaqirdi.
Avvalroq, 2020 yil boshidan beri sayyoramizda kamida 7 million kishi ochlikdan vafot etgani haqida xabar bergandik.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025