Dunyoning 1-raqamli tennischisi Avstraliyadan “uchiriladi”
Sport
−
06 yanvar 2022
3419Avvalroq, Avstraliyaning Viktoriya shtati hukumati tennis bo‘yicha dunyoning birinchi raqamli raketka ustasi hisoblangan Novak Jokovichni “Katta dubulg‘a” turkumiga kiruvchi Avstraliya ochiq chempionatiga emlanganlik hujjatisiz tashrif buyurgani uchun ortga qaytarib yuborishi mumkinligi haqida xabar bergan edik.
Bugun, 6 yanvar kuni Avstraliya tomoni serbiyalik Jokovichga viza berishdan bosh tortdi. Tennischidan mamlakatni tark etish talab qilingan. Bu haqda mahalliy “The Age” ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, Jokovich koronavirusga qarshi emlashdan tibbiy ozod qilingani haqida yetarli dalil keltira olmagan. Uning advokatlari hokimiyat qarori ustidan shikoyat qilmoqda. Jarayon davomida tennischi hukumat uyiga joylashtirilishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, “Katta dubulg‘a” turkumiga kiruvchi turnirlarning 20 karra chempioni vizani rasmiylashtirish bilan bog‘liq xatolik tufayli qo‘lga olgan edi. Shundan so‘ng u mamlakatga turistik viza bo‘yicha kirishga urinib ko‘rdi. Biroq Novakning koronavirusga qarshi emlashdan tibbiy ozod etilgani bunga yo‘l qo‘ymadi. Tennischi olti soatdan ko‘proq vaqt davomida aeroportning alohida hududida politsiya nazorati ostida bo‘lgan.
Ma’lumot uchun, Novak Jokovich joriy yilning 17-30 yanvar kunlari bo‘lib o‘tadigan “Australian open” turnirida ishtirok etish uchun Melburnga kelgan edi. Novak ushbu turnirda eng ko‘p, 9 marta g‘alaba qozongan.
LiveBarchasi