Dunyodagi qochqinlar soni 114 millionga yetdi – BMT 

Olam

image

Butun dunyo bo‘ylab qochqinlar soni 114 millionga yetdi. Bu haqda  BMT Qochqinlar bo‘yicha Oliy komissarligi ma’lum qildi.

2023 yilning birinchi yarmida odamlarning majburiy ko‘chirilishining asosiy sabablari Ukrainadagi keng ko‘lamli urush, Sudan, Kongo Demokratik Respublikasi va Myanmadagi qurolli mojarolar, shuningdek, Somalidagi qurg‘oqchilik, suv toshqini va Afg‘onistondagi gumanitar inqiroz bo‘lgan.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning birinchi olti oyida dunyo bo‘ylab 1,6 million kishi yangi boshpana so‘rab murojaat qilgan, bu tarixdagi eng yuqori ko‘rsatkichdir. Hisobotda aytilishicha, iyundan sentyabrgacha yana to‘rt million kishi qochqinga aylangan.

“Xalqaro hamjamiyatning mojarolarni hal eta olmasligi yoki yangilarining oldini olishga erisha olmasligi ko‘chish va azob-uqubatlarga olib keladi. Biz mojarolarni tugatish, qochqinlar va boshqa ko‘chirilgan odamlarning uylariga qaytishlari yoki yangi hayot boshlashlari uchun birgalikda harakat qilishimiz kerak”, deydi BMTning Qochqinlar bo‘yicha Oliy komissari Filippo Grandi.

Shuningdek, hisobotda Isroilning HAMAS bilan urushining gumanitar oqibatlari hali baholanmagani qayd etilgan.


Maqola muallifi

Teglar

BMT qochqin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing