Dunyodagi iqlim inqiroziga javobgar yirik kompaniyalar ro‘yxati tuzildi

Olam

image

Buyuk Britaniyaning “Guardian” nashri atrof-muhitga yetkazayotgan zarari ortidan iqlim inqiroziga sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgan yoqilg‘i qazib oluvchi kompaniyalar ro‘yxatini tuzdi. Nashr atmosferaga yirik miqdorda gaz chiqaruvchi davlat va tarnsmilliy kompaniyalarni sayyorada iqlimiy inqirozga sabab bo‘ladi, deb hisoblayapti.

Ro‘yxatga kiritilgan dastlabki 20 ta kompaniya dunyodagi uglevodorod gazi va metan chiqitlarining 35 foiziga javobgarligi ta’kidlangan.

Nashr Amerikaning Iqlim javobgarligi  instituti vakili Richard Xidning tadqiqotlariga asoslanib, shunday xulosaga kelgan. Richard Xid o‘z tadqiqotida 1965 yildan beri qazib olingan yoqilg‘i resurslarinigina emas, atmosferaga chiqarilgan uglerod miqdorini ham hisoblab chiqqan.

Ro‘yxatdagi 20 kompaniyadan 12 tasi davlat kompaniyasi bo‘lib, shu davr mobaynida dunyo bo‘yicha atmosferaga chiqarilgan uglerod chiqitlarining 20 foizi uchun javobgar hisoblanadi. Ro‘yxatga xususiy sektordagi – Chevron, Exxon, BP va Shell kompaniyalari ham kiritildi. Umumiy hisoblaganda 1965 yildan beri atmosferaga chiqarilgan uglerodning 10 foizi ushbu to‘rt kompaniya hissasiga to‘g‘ri keladi. Davlat kompaniyalaridan Saudiya Arabistoninng Saudi Aramco milliy neft kompaniyasi va Rossiyaning “Gazprom” kompaniyasi ro‘yxatda yuqori o‘rinlarni egallagan.

Qayd etish joizki, dunyodagi 90 foiz zararli qoldiqlarni tashkil qiluvchi 20 turdagi asosiy chiqindilar benzin, aviatsiya yoqilg‘isi, gaz va ko‘mir ishlatishdan yuzaga keladi. Qolgan 10 foizi yoqilg‘ini qazib olish, qayta ishlash va yetkazib berish jarayonida hosil bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

neft' atmosfera Guardian

Baholaganlar

29

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing