Dunyodagi eng baxtli davlatlar reytingi e’lon qilindi. O‘zbekiston nechanchi o‘rinda?
Jamiyat
−
20 mart
16900O‘zbekiston dunyoning eng baxtli davlatlari reytingida 53-o‘rinni egalladi. Bu haqda BMT topshirig‘i bilan bir guruh ekspertlar tomonidan tayyorlangan yillik “World Happiness Report 2025” hisobotida keltirilgan.
Reytingga ko‘ra, Finlyandiya ketma-ket sakkizinchi yil dunyodagi eng baxtli davlat deb topilgan. Kuchli uchlikdan Daniya va Islandiya ham o‘rin olgan. O‘zbekistonga qo‘shni bo‘lgan Qozog‘iston 43- o‘rinda, Qirg‘iziston 75-, Tojikiston 90-, Afg‘oniston eng so‘nggi 147-o‘rinni egallagan. Turkmaniston esa reytingga kiritilmagan.
Hisobot oltita asosiy omilni hisobga oladi, xususan, daromad, sog‘liq, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, erkinlik darajasi, saxiylik va korrupsiyaning yo‘qligi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston pasporti dunyoning eng kuchli pasportlari reytingida 68-o‘rinni egallagandi.