Dunyoda “omicron”dan ilk o‘lim qayd etildi
Olam
−
13 dekabr 2021
8207Dunyoda koronavirusning “omicron” shtammi bilan bog‘liq ilk o‘lim holati qayd etildi. Yangi shtammning ilk qurboni Buyuk Britaniya fuqarosi bo‘ldi. Bu haqda Britaniya Bosh vaziri Boris Jonsonning shaxsan o‘zi ma’lum qildi.
“Biz koronavirusning “omicron” shtammi bilan kasallanish holatlarini bevosita kuzatmoqdamiz. Afsuski, bugun mamlakatda “omicron” shtammi bilan kasallangan birinchi bemor vafot etdi”, deb fikr bildirgan Jonson mamlakat g‘arbidagi emlash markaziga tashrifi chog‘ida.
Shuningdek, u odamlarni yangi shtamm kasallikning oson kechishiga olib keladi degan fikrdan voz kechishga chaqirdi.
Avvalroq Buyuk Britaniyada virusning “omicron” shtammi bilan ilk kasallanish aniqlangani haqida xabar berilgandi.
Ma’lumot uchun, hoirgacha koronavirusning “omicron” shtammi bilan kasallanish holatlari Afrika, Belgiya, Italiya, Germaniya, Shveysariya, Kanada, Niderlandiya, Avstraliya, Saudiya Arabistoni, AQSH, BAA va boshqa mamlakatlarda ham aniqlangan.
Ozoda Choriyeva
LiveBarchasi