“Delta”dan yomonroq: koronavirusning yangi xavfli shtammi aniqlandi
Olam
−
25 noyabr 2021
10624Buyuk Britaniyalik olimlar koronavirusning yangi shtammini aniqladi, u hozirda ma’lum bo‘lgan turlardan ham yuqumliroq bo‘lishi mumkin. Bu haqda “Daily Mail” xabar bergan.
Taxminlarga ko‘ra, u Botsvanada paydo bo‘lgan va unga “Nu” deb nom berilgan. Ayni paytda shtamm dunyoning uchta davlatida topilgan.
Ta’kidlanishicha, u 32 ta mutatsiyani o‘z ichiga oladi va vaksinalarga potensial chidamli. London universiteti genetiki, professor Fransua Balluning so‘zlariga ko‘ra, virusning bu varianti birinchi navbatda immuniteti zaif va aniqlanmagan OITSga chalingan bemorlarda paydo bo‘lishi mumkin.
Ushbu shtammning ilmiy nomi B.1.1.529. London Imperial kolleji virusologi, doktor Tom Pikok ushbu variantning mutatsiya kombinatsiyasini “dahshatli” deb ta’riflagan.
“Ushbu virus deyarli barcha boshqa shtammlardan, shu jumladan Hindistonning “delta”sidan ham yomonroq bo‘lishi mumkin”, degan u.
Ayrim olimlarning ta’kidlashicha, hozircha “ortiqcha tashvishlanishning hojati yo‘q”, chunki yuqori yuqumlilik va mavjud dorilarga qarshilik isbotlanmagan.
LiveBarchasi