Dunyoda koronavirusga qarshi emlanganlar soni 1 mlndan oshdi
Olam
−
18 dekabr 2020
2703Bugungi kunda to‘rtta davlatda koronavirusga qarshi keng ko‘lamli emlash boshlangan. Hozirgacha 1 milliondan ortiq odam vaksina bilan emlanishga ulgurdi. Bu haqda “Bloomberg” agentligi xabar berdi.
Agentlik ma’lumotiga ko‘ra, Buyuk Britaniya, AQSH, Rossiya va Xitoyning jami 1,1 mln aholisi emlangan. Eng ko‘p vaksina olganlar Xitoy hissasiga to‘g‘ri kelyapti – 650 ming nafar odam.
15 dekabr holatiga Britaniyada 137,8 ming kishi, Rossiyada 320 ming kishi COVID-19 qarshi vaksina olgan.
Koronavirusga qarshi vaksinalash ishlari shu hafta boshlangan AQSHda 17 dekabr holatiga 50 ming kishi emlangan.
LiveBarchasi
Farg‘onada qiymati 76 mln so‘mlik “paqqilloqlar” ushlandi
07 noyabr 2023
Shavkat Mirziyoyev Qatar sobiq bosh vazirini qabul qildi
07 noyabr 2023
Falastin Bosh vaziri Muhammad Shtaye G‘azodagi urush sabab halok bo‘lgan bolalar haqida gapirayotib yig‘lab yubordi
07 noyabr 2023