Dunyo yadroviy urush ostonasida turibdi – Lukashenko
Olam
−
08 may
6315Avvalroq, Belarus Respublikasi taktik yadroviy qurollarning “tezkor tekshiruvi”ni boshlagani haqida xabar bergandik. Mamlakat rezidenti Aleksandr Lukashenko G‘alaba kuni munosabati bilan o‘tkazilgan tantanali yig‘ilishda bu haqda o‘z fikrini bildirdi.
Uning aytishicha, yadro qurollari "to‘xtatuvchi va mudofaa quroli" bo‘lib, "hech kim ular bilan biror davlatga hujum qilmoqchi emas".
Lukashenko, shuningdek, bugun e’lon qilingan taktik yadroviy qurol tashuvchilarining tezkor tekshiruvi mudofaa xususiyatiga ega ekanligini ta’kidlagan. Uning tushuntirishicha, tekshiruv vaqtida “raketa va aviatsiya harbiy qismlariga maxsus o‘q-dorilar yetkazib beriladi hamda uchirish moslamalariga yuklanadi”.
"Bizning vazifamiz: agar dushman tuprog‘imizga qadam qo‘ysa, biz ularni yo‘q qilishimiz kerak", degan u.
Lukashenko "Iskandar" va "Polonez" operativ-taktik tizimlarining raketa bo‘linmalari Belarusga ehtimoliy hujumni qaytarish uchun raketa zarbalarini mashq qilishini qo‘shimcha qilgan.
"Ayni vaziyatni olovlantirayotgan narsa – boshqa mamlakatlar xavfsizligiga zarar yetkazadigan harbiy bloklar va ittifoqlarning kengayishidir. Men yaqin va uzoq xorij xalqlariga murojaat qilaman: aqldan ozgan siyosatchilarni to‘xtating, ularning sayyoramizni kulga aylantirishiga imkon bermang. Dunyo tobora yadroviy urush ostonasiga yaqinlashmoqda", degan u.
LiveBarchasi