Dunyo Uchinchi jahon urushi yoqasida – Lukashenko
Olam
−
22 noyabr
8399Belarus rezidenti Aleksandr Lukashenko dunyo katta urush yoqasida ekani haqida ogohlantirdi. Bu haqda u gumanitar yo‘nalishdagi oliy o‘quv yurtlari talabalari bilan uchrashuvda ma’lum qildi.
“Xudo saqlasin, Uchinchi jahon urushi boshlanmadi, ammo biz bu dahshatli voqea arafasida turibmiz”, deydi Lukashenko.
Shu bilan birga, u bugungi kunda axborot urushi ham faol davom etayotganini ta’kidlab o‘tgan.
“Bundan tashqari uzoq vaqtdan beri, nafaqat qarama-qarshilik, balki haqiqiy axborot urushi bo‘lmoqda. Bu aniq”, degan u.
Lukashenkoning so‘zlariga ko‘ra, bugungi vaziyat hushyorlikni va Uchinchi jahon urushining halokatli oqibatlarini oldini olish uchun yangi muammolarga tayyor bo‘lishni talab qiladi. U hozirgi voqealarning ahamiyatini va global beqarorlikka olib kelishi mumkin bo‘lgan tahdidlarga qarshi turish zarurligini eslatdi.
Eslatib o‘tamiz, 27 avgust kuni Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Qo‘shma Shtatlarni Uchinchi jahon urushi Yevropa bilan chegaralanib qolmasligi haqida ogohlantirgandi. Sentyabr oyida esa NATO logistika qo‘mondonligi boshlig‘i, general-leytenant Aleksandr Sollfrank alyans Uchinchi jahon urushi rejalarini ishlab chiqayotganini aytgandi.
Muhammad Hodiyev
LiveBarchasi