Dunyo COVID-19 pandemiyasi ustidan qachon g‘alaba qozonadi? - SSV rahbari fikri

Jamiyat

image
Yadrochi olim Faxrizoda ortidan nega 40 kun aza tutilyapti? north_east

Yadrochi olim Faxrizoda ortidan nega 40 kun aza tutilyapti?

O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vaziri Abduhakim Hojiboyev dunyo koronavirus pandemiyasi ustidan g‘alaba qozonilgani haqida qachon gapirishni boshlashi borasida fikr bildirdi. Bu haqda “Sputnik” xabar berdi.

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, o‘tgan yaqin 30-40 yil ichida bunday keng ko‘lamli pandemiya bo‘lmaganini hisobga olgan holda o‘zini hurmat qiluvchi hech bir kishi bu savolga aniq javob berishni zimmasiga olmaydi.

Olimlar va JSST mutaxassislari fikriga ko‘ra, 2021 oxiriga qadar har holda koronavirus holatlari aniqlanib turadi. Lekin pandemiya jarayoni sekinlashib borishiga umid qilinmoqda.

“Aytaylik, 2021 yilning birinchi choragida ommaviy emlashni boshlaydigan mamlakatlar bor deb o‘ylamayman. Hoynahoy bu 2021 yilning ikkinchi yarmida bo‘ladi. Ommaviy emlash boshlanishi bilan esa biz dunyo tibbiyot xodimlari bosqichma-bosqich buning ustidan g‘alabaga erishamiz”, degan SSV rahbari.

Avvalroq, O‘zbekistonda koronavirus epidemiyasi bilan bog‘liq vaziyat barqarorlashgani xabar qilingandi. Shu bois poytaxtdagi koronavirus bemorlarini taqsimlash markazlari faoliyati vaqtincha to‘xtatilyapti.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda Abduhakim Hojiboev

Baholaganlar

432

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing