Dunyo bo‘ylab 818 million bolaning maktabda qo‘l yuvishiga sharoit yo‘q – UNICEF

Olam

image
O‘zbekistondagi maktablarning 13 foizida koronavirus yuqtirib olish xavfi borligi aytildi north_east

O‘zbekistondagi maktablarning 13 foizida koronavirus yuqtirib olish xavfi borligi aytildi

Dunyo bo‘ylab 818 million bola maktablarda qo‘l yuvish uchun asosiy vositalarga ega emas, bu esa ularga COVID-19 va boshqa yuqumli kasalliklar yuqishining xavfini oshiradi.  Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti va UNICEF xalqaro bolalar tashkilotining Birlashgan Monitoring Dasturida qayd etilgan.

Maktabda qo‘l yuvish uchun sharoit mavjud bo‘lmagan 818 million bolalarning 355 millioni qo‘l yuvish uchun suv bo‘lgan, ammo sovun bo‘lmagan maktablarda, 462 millioni esa qo‘l yuvish uchun suv va sovun bo‘lmagan maktablarda o‘qiydi. 

COVID-19 tufayli sog‘liqni saqlash va gumanitar inqiroz xavfi yuqori bo‘lgan 60 mamlakatda har to‘rtta boladan uchtasi maktabda qo‘l yuvish uchun asosiy sharoitga ega emas. Barcha bolalarning yarmi asosiy suv ta’minotidan mahrum  va yarmidan ko‘pi asosiy sanitariya xizmatiga ega emas. 

Hisobotda kelitirilishicha, dunyodagi har 3 ta maktabning bittasi ichimlik suvi bilan cheklangan tarzda  ta’minlangan yoki umuman ichimlik suvi bilan ta’minlanmagan. 

Yana 698 million bolalar uchun ularning maktablarida asosiy sanitariya shariotlari mavjud emas. 

Hisobotda COVID-19 tarqalishining oldini olish va maktablarda nazorat qilish uchun zarur bo‘lgan bir nechta manbalar, shu jumladan 10 ta tezkor harakatlar va xavfsizlikni tekshirish bo‘yicha ruyxat keltirilgan. U UNESCO, UNISEF, Jahon oziq-ovqat tashkiloti va Jahon banki tomonidan chiqarilgan maktablarni xavfsiz qayta ochish ko‘rsatmalariga asoslanib, milliy va mahalliy hokimiyat idoralariga maktablarni xavfsiz qayta ochishga tayyorgarlik ko‘rish va bolalar maktabga qaytganlarida ularning xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha amaliy tavsiyalarga asoslanadi. Tavsiyalar gigiyena, shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish, tozalash va dezinfeksiyalash, shuningdek toza suvdan foydalanishni ta’minlash, sovun mavjud bo‘lgan qo‘l yuvish joylari va xavfsiz hojatxonalar to‘g‘risida WASH’ga aloqador bir nechta protokollarni o‘z ichiga oladi. 

Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekistondagi maktablarning 13 foizida qo‘llarni sovun va suv bilan yuvish uchun zarur sharoit yo‘q. Shuningdek, maktablarning 17 foizi toza ichimlik suvidan foydalanish va 22 foizi esa asosiy sanitariya sharoitlaridan mosuvo.


Maqola muallifi

Teglar

UNICEF

Baholaganlar

14

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing