O‘zbekistondagi maktablarning 13 foizida koronavirus yuqtirib olish xavfi borligi aytildi

Foydali

image

O‘zbekistondagi maktablarning 13 foizida qo‘llarni sovun va suv bilan yuvish uchun zarur sharoit yo‘q. Bu COVID-19 pandemiyasi sharoitida maktablarning xavfsiz faoliyat yuritishi uchun muhim shartdir. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti va UNICEF xalqaro bolalar tashkilotining Birlashgan Monitoring Dasturida qayd etilgan.

Hujjatda qayd etilishicha, O‘zbekistonda maktablarning 17 foizi toza ichimlik suvidan foydalanish va 22 foizi esa asosiy sanitariya sharoitlaridan mosuvo. 

“Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda maktablarning yopilishi 8 milliondan ortiq bolalarning ta’lim olishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. O‘zbekiston hukumati bosqichma-bosqich tarzda maktablarni qayta ochishni rejalashtirar ekan, bunda maktablarning qayta ochilishi xavfsiz bo‘lishi va mamlakatning COVID-19 pandemiyasiga qarshi sog‘liqni saqlash tizimi tomonidan tayinlangan umumiy chora-tadbirlariga rioya qilinishi lozim. O‘quvchilar, xodimlar va o‘qituvchilar hamda ularning oilalarini himoya qilish uchun barcha tegishli choralar ko‘rilishi muhimdir”, deydi UNICEF’ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Sasha Graumann.  

“Maktablar qayta ochilishidan oldin maktablar barcha zarur suv,  sanitariya va gigiyena (WASH) sharoitlari bilan sifatli va yetarli miqdorda jihozlanganligiga va o‘quvchilarga o‘qish uchun xavfsiz, ishonchli qulay muhit yaratish uchun maktablarda tozalash va dezinfeksiyalash ishlari tegishli ravishda ta’minlanganligiga ishonch hosil qilish kerak”, deya qo‘shimcha qiladi u. 

Hisobotga ko‘ra,  dunyo bo‘ylab 818 million bolalar o‘zlarining maktablarida qo‘l yuvish uchun asosiy vositalarga ega emas. Bu esa ularga COVID-19 va boshqa yuqumli kasalliklar yuqishining xavfini oshiradi. Ularning uchdan bir qismidan ko‘pini (295 million) Afrikadagi Saxroi kabirdan janub tomon joylashgan mamlakatlardagi bolalar tashkid etadi. Kam rivojlangan mamlakatlarda har 10 ta maktabning 7 tasi qo‘l yuvish uchun asosiy vositalarga, maktablarning yarmi esa asosiy sanitariya va suv ta’minotiga ega emas. 

Hisobotda ta’kidlanishicha, COVID-19’ning tarqalishini nazorat qilishni istagan hukumatlar sog‘liqni saqlash choralarini amalga oshirish zarurati bilan bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy-iqtisodiy ta’sirlarni muvozanatlashi kerak. Maktablarning uzoq vaqtga yopilishi bolalarning xavfsizligi, farovonligi va o‘qishiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi isbotlangan, deyiladi hisobotda. 

WASH xizmatlaridan foydalanish maktablarda infeksiya tarqalishining oldini olish va nazorat qilish uchun zarurdir va davom etayotgan COVID-19 global pandemiyasi davrida maktablarni xavfsiz qayta ochish va ishlatish bo‘yicha hukumat strategiyalarining asosiy yo‘nalishi hisoblanadi.  


Maqola muallifi

Teglar

UNICEF koronavirus

Baholaganlar

266

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing