Dunyo bo‘ylab har yili 8 mln odam havo ifloslanishidan vafot etadi – UNICEF
Olam
−
04 dekabr 2024
1044Har yili dunyo bo‘ylab 8 millionga yaqin odam havo ifloslanishidan kelib chiqadigan kasalliklardan vafot etadi. Bu haqda UNICEF xabar berdi.
Qayd etilishicha, 2019 yildan buyon bu ko‘rsatkich deyarli bir yarim millionga oshgan.
UNICEF ma’lumotlariga ko‘ra, sog‘liq uchun eng keng tarqalgan tahdidlar surunkali nafas olish va yurak-qon tomir yetishmovchiligi, o‘pka kasalliklari, insult va onkologiyadir. Buning sababi atmosferada mikrozarrachalar konsentratsiyasining oshishi hisoblanadi. Ular o‘rmon yong‘inlari, qazib olinadigan yoqilg‘i va axlatlarni yoqishdan kelib chiqadi.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti nozik zarrachalar va changning o‘rtacha konsentratsiyasi kubometr uchun 5 mikrogrammdan oshmasligi kerakligi haqida ogohlantiradi. Bangladesh, Pokiston, Hindiston, Tojikiston va Burkina-Faso 2023 yilda havosi eng ifloslangan mamlakatlarning IQ Air anti-reytingida birinchi o‘rinni egallagan.
State of Global Air hisobotiga ko‘ra, 2021 yilda 8,1 million o‘lim havoning ifloslanishi bilan bog‘liq. Havoning ifloslanishi 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘limi uchun to‘yib ovqatlanmaslikdan keyin ikkinchi asosiy xavf omili bo‘ldi. Havoning ifloslanish ta’siri 5 yoshgacha bo‘lgan bolalarning 700 ming bola o‘limiga bog‘liq bo‘lib, bu ushbu yoshdagi bolalar o‘limining taxminan 15 foizini tashkil qiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston poytaxti Toshkentda havo tarkibidagi PM2.5 zarrachalari miqdori JSST tasdiqlagan me’yordan qariyb 11 barobarga oshib ketgandi. Toshkent dunyoning yirik shaharlari orasida havoning ifloslanish darajasi bo‘yicha 6-o‘ringa chiqqandi. Toshkent shahrida atmosfera havosining ifloslanishiga quruq iqlim, qumli va qumloq tuproqlar kabi tabiiy omillar sabab bo‘layotganini inobatga olgan holda, joriy yilning 22 oktyabr kunidan boshlab respublika bo‘yicha rejaviy tekshirish tadbirlari o‘tkazish yo‘lga qo‘yilgani xabar qilingandi.
LiveBarchasi
Samarqand shahrida metro quriladi.
14 yanvar
Dollar kursi pastladi.
14 yanvar