Toşkentda iflos havo yana 10 kun saqlanişi mumkin – Özgidromet

Bu qiziq

−

image

Toşkent şahrida atmosfera inversiyasi yana 10 kun saqlanib qolişi mumkin. Bu haqda Özgidromet xabar berdi.

Nega havo ifloslanişi kuçaymoqda?

Özgidrometga köra, bu jarayonni oddiy misol bilan tuşuntiriş mumkin: çang va ifloslantiruvçi moddalar havoga doimiy ravişda çiqib turibdi. Agar şamol esmasa, ularning tarqalib ketişi qiyinlaşadi. Yomğir yoğsa ham havodagi çang zarraçalarini yuvib tuşiradi.

Şamol va yomğir bölmagan davrda ifloslantiruvçi moddalar havoda töplanib boradi. Atmosfera inversiyasi esa ularning yuqoriga tarqalişini yanada qiyinlaştiradi.

“Kuzatişingiz mumkin, har kuni kun isigan vaqtda şamol esib, çang tarqab, ifloslanganlik darajasi nisbatan pasaymoqda. Tongda va keçki paytga kelib inversiya ta’sirida çang tarqalmasdan ifloslaniş darajasi ortmoqda”, deyiladi xabarda.

Bildirilişiça, atmosfera havosi sifatini yaxşilaş uçun bir qator işlar amalga oşirilmoqda. Xususan, şaharda avtomobil yöllariga suv sepilişi, issiqxonalarda filtrlar örnatilişi, kökalamzorlaştiriş işlari, quriliş maydonlarida çang kötarilmasligini nazorat qiliş va boşqalar olib borilyapti.

Şu bilan birga, atrof-muhitni ifloslantirayotgan issiqxonalar va sanoat korxonalariga reydlar uyuştirilmoqda.

Eslatib ötamiz, avvalroq Toşkentda havo ifloslanişi sabab Toşkent şahri va unga tutaş hududlarda faoliyat yuritayotgan 131 ta yirik xöjalik yurituvçi sub’ektga atmosferaga çiqariladigan zararli taşlamalar miqdorini ikki barobarga kamaytiriş böyiça ogohlantiriş berilgani haqida xabar qilingan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing