DTM abituriyentlarga eslatma bilan chiqdi

Jamiyat

image

Oldingi o‘quv yillari bitiruvchilari imtihon topshirishi uchun to‘lovni amalga oshirmasa ro‘yxatdan o‘tmagan hisoblanadi. Bu haqda Davlat test markazi ma’lum qildi va so‘nggi muhlatni eslatib o‘tdi.

“Test sinovlari uchun to‘lovni belgilangan muddatda amalga oshirmagan abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tmagan hisoblanadi va test sinovlarida ishtirok eta olmaydi.

Hozirda onlayn ro‘yxatdan o‘tgan, lekin to‘lovni amalga oshirishga ulgurmagan abituriyentlar mavjud bo‘lib, ular 21 iyul kuni soat 23:59 ga qadar to‘lovni amalga oshirishlari mumkinligini ma’lum qilamiz”, deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, test sinovlari tashkil etilayotgan o‘quv yilidan avvalgi yillarda ta’lim muassasalarini tugatgan abituriyentlar test sinovlarida ishtirok etish uchun bazaviy hisoblash miqdorining yarim baravari (111 500 so‘m) miqdorida to‘lovni amalga oshirishi belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, 20 iyul kuni 2020-2021-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish yakunlandi


Maqola muallifi

Teglar

imtihon abiturient DTM

Baholaganlar

736

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing